Qiziltepa  tuman Axborot-resurs markazi tomonidan G’azal mulkining  sultoni Alisher Navoiy tavalludining 578-yilligiga bag’ishlab  bo`lib o`tgan  “Olis yulduz shu’la  ta’ratar”nomli badiiy kecha

 haqida ma`lumot.

 

2019-yil 9-fevral kuni G’azal mulkining  sultoni Alisher Navoiy tavalludining  578-yilligiga bag’ishlab “Olis yulduz shu’la  ta’ratar”nomli badiiy kecha o’tkazildi.“Adabiyot kunlari”ni o`tkazishdan maqsad o`quvchilarga milliy va jahon adabiyotlari orqali ezgulik, insonparvarlik  singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg`otish. Kechani kirish so`zi bilan maktabning MMIBDO` I.Xodjayeva ochib berdi.  Alisher Navoiy mislsiz ulug` shoir, olim va mutaffakkirdir. U qirqqa yaqin badiiy va ilmiy asarlar, axloqqa doir  risolalar yaratib qoldirdi.  Navoiy lirik shoir va dostonnavisdir.  O`zbek  va fors tojik tilidagi nodir asarlari bilan o`zbek klassik adabiyotini yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi, fors tojik poeziyasiga bebaho  durlar qo`shdi. Shu bilan birga, Navoiy iste’dodli adib-badiiy prozaning namoyandasidir deb o`quvchilarga tushuncha berdi.  Buyuk mutafakkir bobomizning tavallud kunlari  munosabati bilano`tkazilgan kechada  maktabimiz faol kitobxono`quvchi va o`qituvchilari ishtirok etdilar.  Kecha juda qiziqarli va maroqli tashkil etildi. “Xamsa” Navoiy merosining buyuk sayqali, xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko‘zgusi. Ushbu dostonning  har bir asaridan parchalar,  sahna ko`rinishlari namoish etildi. Maktabimiz mahoratli o`qituvchilari ishtirokida “Etti go‘zal” sahna ko‘rinishi hammaga ko`tarinki ruh bag`ishladi.   Kecha  so`nggida taklif etilgan  mehmonlar ham so`zga chiqishdi. Tadbirda 7 – umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchi va oqituvchilari va taklif etilgan mehmonlardan  jami  43  dan ortiq faol kitobxonlar  ishtirok etdishdi. Tadbir qiziqarli va esda qolarli bo`lib o`tdi.

 

 

 

 

Leave a Reply